Xalqaro sanoatchilar forumi
Блог им. behzodbek“O‘zekspomarkaz”da “Uzbekistan Industrial Forum – 2014” oltinchi xalqaro sanoat forumi boshlandi. Tadbir doirasida oltita ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazma ham bo‘lib o‘tmoqda.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zavtoyo‘l”, “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyalari, Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika instituti hamda Toshkent shahar hokimligi ko‘magida “IEG Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.
Xalqaro forumning ochilish marosimida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida metallurgiya, metallga ishlov berish, tog‘-kon, kimyo sanoati, mashinasozlik, maxsus texnika ishlab chiqarish kabi barcha sohalar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuqori texnologiyali mahsulotlar – yuk va maxsus texnika, g‘alla o‘rish kombayni, kompressor, kuchlanish transformatorlari, akkumulyator, kabel va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish imkonini berayotir.