avatar
Куч
10326.07
Рейтинг
+3784.81

Sulaymonov Behzod Shuhratovich

Мақолалар

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI VA O’QITISH USULLARI

Илм-фан
 

Yosh  avlodni  tarbiyalashda  ta’lim-tarbiya jarayoniga  turli  zamonaviy  pedagogik  metodlarni  qo’llash samarali rol o’ynaydi.Huquqiy ongni  shakllantirish  oiladan boshlanadi.Milliy  tarbiya  tamoyillarimizda  bunga alohida  ahamiyat beriladi.

Jadid adabiyotining bugungi kunda tutgan o’rni

Илм-фан
 

Maʼlumki, XX asr boshlarida Turkistonda keng yoyilgan jadidchilik harakati ijtimoiy-siyosiy ziddiyat mahsuli sifatida maydonga chiqqan va jamiyat tarixiy taraqqiyotida munosib oʻrin qoldirgan. “Jadid” arabcha soʻz boʻlib, “yangi” degan maʼnoni anglatadi. Shunga koʻra, jadidchlilik harakati namoyondalari oʻz faoliyatlarida jamiyat ijtimoiy-maʼrifiy hayotiga turli mazmundagi yangi islohotlar, yangi qarashlarni targʻib qiladilar. Ular jamiyat inqirozining asosiy sababini savodsizlik, ilmsizlik, maʼrifatsizlikda koʻrib, asosan, xalqni ilm-maʼrifatli qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni teng oʻrganish, taʼlim-tarbiya tizimini yangilash va rivojlantirish yuzasidan jadal islohotlar amalga oshiradilar. Jadidchilik harakatining maqsad va gʻoyalarinichuqur va taʼ</span

Xorijiy (ingliz, nemis va fransuz) tillar

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Yangi o‘quv yilida chet tili fanidan yangi darslik va qo‘llanmalar o‘quvchilarqo‘liga yetkazilishi, yuqori sinfga o‘tgan o‘g‘il-qizlar xorijiy tilni o‘rganishning keyingi bosqichini davom ettirishi o‘qituvchilardan alohida mahorat talab etadi. Xorijiy (ingliz, nemis va fransuz) tillar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari chet tillarni o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2013—2016-o‘quv yillarida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich

Alohida ehtiyojli bolalarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Ijtimoiy himoya va doimiy e’tiborga muhtoj bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, ularning hayotda o‘z munosib o‘rnini topishi uchun barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Bag‘rikenglik va mehr-oqibat ustun bo‘lgan jamiyatimizda alohida ehtiyojli bolalarga ixtisoslashtirilgan o‘quv maskanlarida ta’lim-tarbiya beriladi. Nogiron bolalarning sog‘lom tengqurlari qatori tarbiyalanishlari, aqliy, axloqiy, jismoniy jihatdan kamol topishlari, ijtimoiy hayotga yetuk fuqaro darajasida kirib kelishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslash­tirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘ba

Ijtimoiy fanlar

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Globallashuv jarayonining ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda, dunyo mafkuraviy va geosiyosiy maydonlarida gohida oshkora, gohida zimdan kuchayib borayotgan – inson ongi va qalbini zabt etish, zaharlashga qaratilgan tahdidlarni ham unutmaslik lozim.  Bunday sharoitda yuksak ma’naviyatgina o‘sib kelayotgan yosh avlodni geosiyosiy va mafkuraviy ziddiyatlarning salbiy ta’siridan, xavf-xatar va tahdidlardan munosib himoya qilish imkonini beradi.
 Mana shu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib, 2017-2018-o‘quv yili oldidan tashkil etiladigan ijtimoiy (tarix,  davlat va huquq asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumiga kiruvchi (odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat

Matematika

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Mamlakatimizning dunyo hamjamiya­tiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi umumta’lim fanlaridan mukammal bilimlarni egallashni talab etadi. Bu esa ta’lim tizimida, xususan, matematikani o‘rgatishda ilg‘or milliy va xalqaro tajribalardan foydalanib, darslarni samarali tashkil etishni taqozo etadi.
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qaroriga asosan davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish uchun o‘quvchining kundalik hayotida matematik

Fizika

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qaroriga ko‘ra,  fizika fanidan umumiy o‘rta ta’limning 6—9-sinflari uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Fizika fani eksperimental fan bo‘lganligi bois, nazariy bilimlar amaliyotda sinab ko‘riladi. Shu sababli, umumiy o‘rta ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitish,  tajribalar ko‘rsatish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan chambarchas bog‘liq. Fizika darslarida zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foyda­lanishga e’tiborni

Geografiya

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori asosida geografiya fanini o‘qitishga ham bir qator o‘zgarishlar kiritildi. O‘quv dasturi takomillashtirildi. Avgust kengashlarida o‘qituvchilarni quyidagi yangiliklardan boxabar etish kelgusi o‘quv yilida dars sifatini oshiradi:
     umumiy o‘rta ta’limda geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari, o‘quvchilarda tayanch hamda fanga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish; jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar,

Informatika va axborot texnologiyalari

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Yangi o‘quv yilida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda 2016-2017-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni xulosalash, yutuq va kam­chiliklarni e’tiborga olish, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni reja­lashtirish, avgust kengashi sho‘ba yig‘ilishini yuqori saviyada tashkil etish yaxshi samara beradi.
O‘qituvchilar umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Mazkur fan “Informatika va axborot

Boshlang‘ich ta’lim

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘qituvchilar darsda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol usullaridan keng foyda­lanmoqda. Har bir ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiziqarli o‘quv-metodik adabiyotlar, jumladan, elektron resurslarning katta zaxirasi mavjud.
Sifatli ta’limiy faoliyatni multimedia materiallari orqali tashkil etish an’anaviy uslublarga nisbatan afzalligini o‘qituv­chilar anglab yetdi. Noan’anaviy dars olib borish natijasida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati o‘sadi; bir vaqtning

O‘zbеk tili

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Bugungi kun o‘quvchilariga zamonaviy ta’lim-tarbiya bеrish o‘qituvchilardan yuksak kasbiy salohiyat, fidoyilik talab etadi. Jumladan, o‘zbеk tili fanini o‘qitishda ham yosh avlodga ona tilimizning bor go‘zalligini tushuntirib bеrish lozim. Bunda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, bugungi tеz o‘zgarayotgan, globallashuv davrida o‘zbеk tili va adabiyotining o‘ziga xos, bеtakror xususiyatlari, jozibasini, tarixiy taraqqiyot bosqichlari va uning bugungi holati, istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish kеrak.
Aytish joizki, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining2017-yil12-yanvardagi“Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob

Adabiyot

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
Adabiyot fani bo‘yicha an’anaviy avgust kengashlarida pedagoglarning kasb mahorati va madaniyatini oshirishga, bugungi islohotlarning ta’lim tizimi rivojidagi ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli, 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining qabul qilinishi pedagoglar zimmasiga yanada mas’uliyat yukladi. Shundan kelib chiqqan holda, avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida takomillashtirilgan DTS va nizomning mazmun-mohiyati, o‘quv

Ona tili

An'anaviy avgust kengashlari
Илм-фан
An’anaviy avgust kengashlarining ona tili fani bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish, kompetensiyaviy yonda­shuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan zarur tavsiyalar berish muhim. Shuningdek, Ilg‘or tajribalarni namoyish etish va omma­lashtirish, bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadasi natijalari tahlili yuzasidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi kerak. Umumiy

Тошкент давлат техника университетида “Эркин Воҳидов ижоди ва миллий маънавият” мавзусида адабий-бадиий кеча ўтказилди.

Блог им. behzodbek

Абу Райҳон Беруний номидаги Тошкент давлат техника университетида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси билан ҳамкорликда Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов таваллудининг 80 йиллигига бағишлаб, “Эркин Воҳидов ижоди ва миллий маънавият” мавзусида адабий-бадиий кеча ўтказилди.

“Ким эдигу ким бўлдик, эртага қандай юксак марраларни эгаллашимиз керак?” мавзусида тарғибот тадбирлари давом этмоқда

Жамият
Жорий йилнинг 4-9 апрель кунлари Жиззах вилоятидаги таълим муассасаларида “Ким эдигу ким бўлдик, эртага қандай юксак марраларни эгаллашимиз керак?” мавзусида тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда.

Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 25 йиллиги муносабати билан Халқ таълими, Маданият ва спорт ишлари,  Олий ва ўрта махсус таълим вазирликлари, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, Республика Маънавият тарғибот маркази ва бошқа ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда ташкил этилган тадбирларда таниқли санъаткорлар ва эстрада хонандалари, кино ва театр актёрлари, шоир ва ёзувчилар, «Ниҳол” мукофоти совриндорлари иштирок этишди.

Тарғибот тадбирлари биринчи куни Жиззах вилоятининг Жиззах шаҳри, Арнасой, Бахмал, Дўстлик, Ғаллаорол туманларидаги 49 та умумтаълим мактабларида,

Blogerlar chempionatining g‘oliblari e’lon qilindi

Блогерлар чемпионати
21-may kuni ikkinchi bor o‘tkazilgan Blogerlar chempionatining yakuni e’lon qilindi,deya xabar bermoqda “Xushnudbek.uz”.
 
Finalda bahs olib borgan 10 nafar blogerlarning ishlariga hakamlar hay’ati, blogerlar va mushtariylar ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblarni aniqlab berdi.
 
Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi blogerlar 4—10 o‘rinlarni egalladi:
4. Jamshid Niyozov. “Supraqoqdi”
5. Sherzod G‘aybullayev. “Istamayman…”
6. Isroil Tillaboyev. “Mentor”
7. Shukurjon Islomov. “Xorijlik hamkorlar”
8. Nigora Salihova. “Erkaklarning boshi nega kal?”
9. G‘ayrat Sheraliyev. “…ayoq yetgancha ketgaymen”
10 Davronbek Parmonov. “Biz qariyapmiz”
 
Sovrinli bo‘lgan kuchli uchlikni esa quyidagi blogerlar egalladi (alifbo bo‘yicha keltirilgan):
Azizov Nosirxon. “Immunitet”
Salomov Maqsud. “Huquqda bunday atama mavjud emas”
Qarshiyev Aziz. “Tuxum po‘stlog‘i ichida”

Yilning eng yaxshi fan o'qituvchilari aniqlandi

Блог им. behzodbek

Хalq ta'limi vazirligi tomonidan tizimda faoliyat ko'rsatayotgan ustoz va murabbiylar orasidan ilg'or tajribali, tashabbuskor, doimiy yangilikka intiluvchi o'qituvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida an'anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovi o'tkazib kelinmoqda.


 


Mazkur tanlov yurtimiz xalq ta'limi tizimidagi eng fidoyi, o'z kasbining ustasi bo'lgan pedagoglarni aniqlab beruvchi asosiy ko'rik-tanlovdir. Tanlovning o'tgan yillardagi bosqichlarini tahlil qiladigan bo'lsak, unda ishtirok etish istagini bildiruvchi ustoz va murabbiylarning soni oshib borayotganligi, ko'p yillik ish taribasiga ega o`qituvchilar bilan birga sohaga endigina kirib kelgan, shijoatli yoshlarning ham faol ishtirok etishi mazkur tanlovning nufuzi sohaga egalari orasida nechog'li baland ekanligini ko'rsatib turibdi.


Paparatssi kasbmi?

Блог им. behzodbek

1960 yil. Rejissyor Federiko Fellinining «Shirin hayot» nomli kartinasi ilk bora katta ekranlarda namoyish etila boshlandi. Filmning qay darajada muvaffaqiyatli chiqqani yoki uning kinematografiya san'atiga qo‘shgan hissasi qay darajadaligini bilmadig-u, biroq aynan shu kinoasar yangi sohaga nom topilishiga sabab bo‘ldi. Film bosh qahramonining Paparatsso ismli suratkash do‘sti bo‘ladi. Gap nima haqida ekanini anglab ulgurdingiz, chog‘i. Xirapashshadek, ammo olg‘ir bu obraz rejissyorning og‘aynisi Tatsio Sekkyarolining prototipi bo‘lgan. Qahramonga nom topgunga qadar ijodiy guruhning bir necha muddat bosh qotirishiga to‘g‘ri keldi. Ana shunda rejissyorning xayoliga biroz mahmadona, tez gapirgani uchun «paparatsso» deb laqab olgan maktabdosh do‘sti keladi va obrazga shu taxlit «paparatsso» nomi beriladi.


 




Keyinchalik «paparatsso» ko‘plik shaklida «paparatssi» tariqasida ishlatila boshlandi. Jurnalistikaga bir qadar «o‘gay» bo‘lgan paparatssilar shov-shuv ko‘tarish, tilga tez tushishning vositachilaridan biri ekanidan xabaringiz bordir, albatta. Ular shou-biznes vakillari yoki taniqli fuqarolarning shaxsiy hayoti, kundalik turmushidan ijozatsiz suratga olishib, ularni matbuot va internet sahifalarida e'lon qilib borishadi.


"Maza" qilib yashab qol!

Блог им. behzodbek

Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deganlar. Ha, bugun zamonga boqsang, og‘zing ochilib qoladi. Oynai jahon, ya'ni jahon telekanallari qanday yotib, qanday turishimizgacha, kim bilan qanday nikohdan o‘tishgacha aytib, ko‘rsatib, qayta-qayta uqtirib turibdi. Buning uchun «demokratiya» daholariga «ming rahmat!» deysan. Maqsad-muddaolari hammani bir qolipga solish. Shiorlari ham bitta: bu dunyoga keldingmi, «maza» qilib, yashab qol!


 




Aytganday, bu g‘oyani bilmaganlar bilib, eshitmaganlar eshitib olsin. Tana o‘zing­nikimi, tamom-vassalom, xohlasang tug‘, xohlamasang tug‘ma, jonimni qiynamayin desang, birovning bolasini boqib ol. Tana o‘zingniki bo‘lgandan keyin plastik operatsiya yo‘li bilan jinsingni o‘zgartirishing ham mumkin. Esingdan chiqarma, uyat-sharm o‘rta asrlardan qolgan qoloqlik. Ota-onang yoki begonaning oldidami, ko‘chada yoki jamoat jo­yidami, yarim yalan­g‘och holda yaxshi ko‘rganing bilan o‘pishaver, iskashaver. Axir tana seniki-ku?.. Avloding, ota-onang kiygan kiyimni aslo kiya ko‘rma, chunki qoloqqa aylanib qolasan. Zamonaviy bo‘lay desang, internet qutisini titkila. Qanday kiyinishu yurish-turishingni o‘rgatib qo‘yadi.