avatar
Куч
10326.07
Рейтинг
+3784.81

Sulaymonov Behzod Shuhratovich

Мақолалар

Shoir ijodiga ehtirom

Блог им. behzodbek

Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida shoir ijodiga bag‘ishlangan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.


 


Termiz shahrida yosh ijodkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mustaqillik yillari milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkorlar mehnati munosib qadrlanayotgani alohida qayd etildi. Davlatimiz rahbarining mazkur qarori ham ana shu yuksak e’tiborning amaliy namunalaridan biridir.


Ajdodlarni xotirlash vositasida bolalarda g’urur hissini tarbiyalash

Блог им. behzodbek

Inson dunyoga keladiki, uning o’ziga xos hayot yo’li, tarixi, ajdod va avlodlari bo’ladi. Insonning o’zini anglashi, qaerdan paydo bo’lganini bilish uchun avvalo o’tgan ota-bobolari, ona-buvilarining hayoti, ularni kasb-kori va jamiyatda tutgan o’rnini bilishi lozim.


 


«Shajara» so’zi arabcha so’z bo’lib, aslida u «daraxt» ma’nosini bildiradi yoki qarindosh-urug’larni anglatuvchi negizlar ham shajara deyiladi.


 


Dunyo millatlarining hammasida ham shajara yozish an’analari mavjud. Shajara ilmi yoki shajarashunoslik haqidagi ilm «Ilmun nisba» deb atalib, unga shunday ta’rif beriladi «Shajara shunday ilmki, u odamlarning nasl-nasablarini o’rganadi. Shajara ilmini o’rganish kishiga odamlar nasabini ajratishda xato qilmaslik imkonini beradi. Nasab ilmini foydasi ko’p va ilmning qadri balanddir» (Al-ansab lis sam’oniy, 1-juz’, 5 tom).


Ta’lim jarayonida o’quvchilarni aqliy-intellektual rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari

Блог им. behzodbek

Shaxsning rivojlanish jarayoni unda faqatgina alohida sifatlarning tarkib topishidangina iborat emas. Bu jarayon aqliy, jismoniy, axloqiy hamda dunyoqarashning shakllanishi bilan bog’liq tarzda amalga oshadi. Shaxsni intellektual rivojlantirishning o’ziga xos mexanizmlari mavjud. Alohida tashkil etilgan ta’lim muhitida o’quvchining yaxlit tarzda rivojlanishi ta’minlanadi. Bu mexanizmning ba’zi bir jihatlari o’z vaqtida V.S.Ilin, V.V.Zaytsev, N.K.Sergeev tomonidan taklif qilingan. Bugungi kunda dunyo miqyosida o’quvchi shaxsini aqliy-intellektual jihatdan rivojlantirishning insonparvarlikka asoslangan ko’p parametrli kontseptsiyalari ilgari surilmoqda. Masalan, insonparvar yondashuvning voqelik, ijtimoiy hayot bilan bog’liq jihatlari V.I.Slobodchikov, vaziyat bilan bog’liq faollik masalasi V.A.Petrovskiy tomonidan tadqiq etilgan.


 


Bugungi kunda pedagogik tadqiqotlarda aksariyat yondashuvlar shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishiga qaratilgandir. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muammosi respublikamizda bir qator pedagog olimlar (J.G’.Yo’ldoshev, R.G’.Safarova, E.Seyitxalilov, B.R.Adizov, R.Ahliddinov, U.Musaev, SH.Щurbonov kabilar) tomonidan tadqiq etilgan. Ularning ta’kidlashicha, shaxs aqliy taraqqiyotining muayyan bosqichlarida unga tizimli tarzda pedagogik ta’sir ko’rsatish lozim. O’quvchilarni aqliy-intellektual jihatdan rivojlantirish bu borada bir qator yondashuvlar mavjudligiga qaramasdan, hamon dolzarb pedagogik muammo sifatida o’z yechimini kutmoqda.


Eng yaxshi tahririyat va jurnalistlar taqdirlandi

Блог им. behzodbek

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


 


Tanlov O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2013-yilning dekabr oyida e’lon qilingan edi. Uni o‘tkazishdan maqsad Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va nodavlat notijorat tashkilotlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatining samaralarini OAVda keng yoritishdan iboratdir.


 


O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari N.Mirodilova, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sh.G‘ulomov va boshqalar yurtimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir katta ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Fuqarolar davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati tartibga solinmoqda, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ta’minlanayotir.


Oiladagi sog’lom muhit psixologiyasi

Блог им. behzodbek

Ulg’ayotgan shaxsda ijobiy sifatlar shakllanishida oiladagi sog’lom muhit katta ahamiyat kasb etadi. Oilada sog’lom muhitning saqlanishi ko’p omillarga bog’liq. Masalan, oila boshliqlarning o’zaro yaxshi munosabati, xonadon qariyalariga hurmat, e’tibor oiladagi bolalarning o’zaro munosabatlari to’g’ri tarbiyalangani, ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o’rnatilgan to’g’ri munosabatda bo’lish kabilar shular jumlasidandir. Bularning qay birida mutanosiblik buzilsa demak, o’sha oiladagi sog’lom muhitga putur yetadi.


 


Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati o’zlarini tuta bilishlari muhimdir. Oilada muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa, ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak. Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo’lishni o’rgatish otaning muhim vazifasi.


Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib ta’limotida yoshlarni jismoniy chiniqtirish masalalari

Блог им. behzodbek

O’rta asrlar mutafakkirlarining jismoniy tarbiya, chiniqish va sog’lomlashtirish to’g’risidagi ta’limotini o’rganish shu narsadan dalolat beradiki, qadimdan jismoniy tarbiya va sportning keng rivojlanishiga ahamiyat berilgan. Ayniqsa, kurash, tosh ko’tarish, qo’l jangi, suzish, chavandozlik, ko’pkariga alohida e’tibor bilan qaralgan. Mazkur o’yin va bellashuvlar yordamida chaqqon, epchil, jasur kishilar aniqlangan. Ular el ardog’ida bo’lgan. Shu bois turli tarixiy davrlarda odamlar jismoniy chiniqish, sportni nafaqat sog’lomlashtirish asosi, balki hayotga mukammal tayyorlanish omili ekanligini o’sha vaktlardanoq tushunib yetishgan. Bu haqda Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’ati turk» asarida ham qimmatli ma’lumotlar qayd etilgan.


 


Mahmud ibn ul–Husayn Muhammadil Qoshg’ariy o’zining mashhur asari -«Devonu lug’ati turk» (Turkiy so’zlar devoni) asarida nafaqat turkiy qabilalarning tillari to’g’risida fikr yuritadi, balki mazkur xalqlarning turmush tarzi, kasb-kori, urf-odatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotini ham tasvirlab beradi.


Ekologik tanglik-umumbashariy muammodir

Блог им. behzodbek

Mamlakatimizda vujudga kelgan ekologik vaziyat to’g’risida gap borar ekan, bu vaziyatlarni birinchisi yer maydonining cheklanganligi va mamlakatimizda uning sifat tarkibi yildan-yilga pasayib borish xavfi bilan bog’liqligi, “Yer ulkan boylik bo’libgina qolmasdan mamlakatni kelajagini belgilab beradigan omil ham ekanligi, respublikamizning 447,4 ming kvadrat kilometridan ortig’ bo’lgan umumiy maydonining atigi 10% gina ekin maydonlari tashkil etish, ayni chog’da O’zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini qoraqum, qizilqum, Ustyurt kabi cho’l va yarim cho’l yerlar tashkil etish, tabiiy muhitning yomonlashuvi bilan birga, tuproq nurashi, sho’rlanishi,yer usti va yer osti suvlarining satxi pasayishi atroflicha tahlil etib berilgan”.(O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:. Havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafotallari. 117-118 betlar).


 


O’zbekistonda 1990 yilga qadar ekin maydonlarining deyarli 75 foizini paxta yetishtirish uchun foydalanib kelinganligi, mamlakatimizda paxta monopoliyasining qaror topganligi ham yerning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga uning suv-fizikaviy xossalarining yomonlashuviga, tuproqning tuzilishi va nurashi jaryonlarini ortishiga olib kelgan.


 


 “O’zbekiston hududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 230dan ortiq shahar va qishloq axlatxonalari mavjud. Ulardan tahminan 30 million kub metr axlat to’planadi. Ular asosan stixiyali ravishda, jo’g’rofiy, geologik-gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarni kompleks o’rganmay turib tashkil etilgan. Ularda qattiq maishiy chiqindilarni zararsizlantirish va qo’shib tashlash ibtidoiy usullar bilan amalga oshirilmoqda.” (O’sha asar. 120-bet).


Ta`limda pеdagogik maqsadni bеlgilash

Блог им. behzodbek

Maqsad muammosi ilmiy tadqiqotlari natijalarining tahlili maqsadni belgilash deganda sub’ektning ichki faoliyati, maqsadni amalga oshirish deganda esa uning tashqi, aniq yo’naltirilgan faoliyati tushunilishini ko’rsatdi. Falsafiy yo’nalishda amalga oshirilgan ishlarning o’ziga xos jihati ularning maqsadni belgilashga nazariy yondoshishdir. Psixologik nuqtai nazardan esa maqsadni tahmin qilish maxsus jarayondir. Mazkur yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning o’ziga xos, xarakterli jihati maqsad va maqsadni tahmin qilishlarning o’zaro protsessual hamkorligiga, ya’ni maqsadning belgilanishiga ko’rsatmalarning yo’qligidir. Maqsadga nisbatan qarashning bir yoqlamaliligi, ayniqsa, uning ichki sababiy zaruriyati psixologiyada mazkur kategoriyaga nisbatan yondoshuvning o’ziga xosligini ifodalaydi. Amalda faoliyatlar bo’yicha yondoshuvlar doiralaridagina quyidagi uch holatni o’z ichiga oluvchi yaxlit tizimda maqsadni to’la o’rganish uchun zarur imkoniyat yaratildi:


 


Maqsadni shakllantirish jarayoni o’zining tabiiy davomi sifatida maqsadni belgilashni, ya’ni maqsadni loyihalash va unga erishishni, uning amaliy faoliyat natijasida yuzaga keladigan ideal obrazini yaratish (maqsadni ro’yobga chiqarish)ni nazarda tutadi va aniq vositalarni qo’llash bilan tavsiflanadi. Bizning tadqiqotimizda bunday vositalar sifatida texnologik modellar nazarda tutiladi.


O’quvchilarda muloqot matni yaratish ko’nikmalarini shakllantirish

Блог им. behzodbek

O’quvchilar muloqot matni yaratish jarayonida aniq tafakkur qilish, fikrni xulosalash, izlanuvchanlik va diqqatni markazlashtirish, mantiqiy mushohadalash, tahlil hamda umumlashtira olish qobiliyatiga ega bo’lishlari lozim. Muloqot matni yaratish imkoniyatlarini mukammal egallash, kommunikativ savodxonlikka ega bo’lish, faqat faollikning mahsuligina bo’lib qolmasdan, balki ta’lim mazmunining maqsadiga muvofiq tarzda tanlanishi, mazmun bilan metodik tizim orasidagi mutanosib bo’lishiga ham bog’liqdir. Istiqbolda tuziladigan dastur va darsliklarda o’quvchilarning muloqot matni yaratish ko’nikmalarini izchil  shakllantirishga xizmat qiladigan o’quv materiallariga alohida o’rin ajratish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni faollashtirish,   ularda ijodiy izlanish xamda erkin,   mantiqan izchil fikrlash malakalarini shakllantirishning muhim shartlari, nazarimizda:


 


1. O’quvchilarni barcha o’quv predmetlaridan amalga oshiriladigan ta’lim jarayonida muloqot matni yaratish ko’nikmalarini egallashga undash;


2. O’quv dasturlarida muntazam tarzda muloqot matni yaratishga yo’naltirilgan o’quv soatlarini ajratish;


3. Mustaqil    tarzda   mantiqiy   tafakkur   qilishga,   bayon qilingan fikrni anglash hamda, fikr ifodalash salohiyatini, o’qish texnikasini    rivojlantirishga       xizmat       qiladigan   ta’limiy topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hisoblanadi.


Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2-sinflar uchun yangi chet tili darsliklari taqdimoti o'tkazildi

Блог им. behzodbek

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining 2-sinfi uchun mo'ljallangan yangi chet tili darsliklarinig taqdimoti o'tkazildi. Mazkur o'quv darsliklari yangi davlat ta'lim standartlari va talablari asosida yaratilgan. 2014 yil 11 yanvar kuni Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimediya umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida davlatimiz rahbarining “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va galdagi amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlarga bag'ishlangan videokonferentsiya bo'lib o'tdi.


 


Videokonferentsiya doirasida umumta'lim maktablarining 2-sinfi uchun yaratilgan chet tillari darslik majmualarining taqdimoti ham o'tkazildi. Unda yaratilgan ingliz, frantsuz, nemis tili darsliklari mualliflari “Kids’ English-2” – S.Xan, L.Jo'raev, M.Ogay, “Deutsch macht spab-2” – M.Dadaxo'jaeva, “Hirondelle-2” – S.Rahmonov va barcha viloyatlardagi amaliyotchi o'qituvchilar ishtirok etdi. Shu o'rinda aytish kerakki, 2-sinf o'quvchilari uchun “Kids’ English-2” darslik majmuasi tajriba-sinovdan o'tkazish uchun yaratilib, Respublika komissiyasining 2013 yil 28 dekabrdagi 5-sonli bayoni asosida vazirlikning buyrug'i bilan 100 ta maktabda 2014 yil 11 yanvardan 20 martgacha tajriba-sinovdan o'tkaziladi. Bugungi kunda 2-sinf ingliz tili darsligi va mashq daftari 2500 nusxada, o'qituvchi kitobi 200 nusxada O'zbekiston nashriyotida chop etilib joylarga etkazildi. Disklari ham vazirlik qoshidagi Multimedia markazida tayyorlanib 200 dona ko'paytirildi. Frantsuz va nemis tili darslik majmualari tajriba-sinov maydonlariga elektron variantda etkazildi.


Конституция куни муносабати билан амнистия тўғрисида қарор қабул қилинди

Блог им. behzodbek

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг Қарори


 


12.12.2013 21:29


 


Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг йигирма бир йиллиги муносабати билан амнистия тўғрисида


 


Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг йигирма бир йиллиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг тақдимномасига мувофиқ, инсонпарварлик тамойилига амал қилиб, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 80-моддаси 10-бандига ва 93-моддаси 23-бандига асосан Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати қарор қилади:


Mirabror Usmonov O‘FF prezidentligiga qayta saylandi

Блог им. behzodbek

Bugun O‘FF anjumanlar zalida Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada beshta masala – O‘FFning 2006—2013-yillarda amalga oshirgan ishlari hisoboti, O‘FF prezidenti saylovlari, O‘FF vitse-prezidentligi uchun saylovlar, O‘FF Ijroiya qo‘mitasi uchun saylovlar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FF xabariga tayanib Daryo.uz nashri xabar bermoqda.


 


Saylov oldidan konferensiya delegatlari prezidentlikka nomzodlar haqida delegatlarning fikrlari tinglandi. Jumladan, Navoiy va Namangan viloyati futbol federatsiyasi vitse-prezidentlari, Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbek futbol muxlislari klubi boshlig‘i, nogiron-amputantlar terma jamoasi boshlig‘i so‘zga chiqib, Mirabror Usmonov prezidentligi vaqtida katta ishlar amalga oshirilgani, futbol jamoatchiligi bu ishlar davomli bo‘lishini istashi va, shu munosabat bilan, prezident o‘z lavozimida qolishini so‘rashdi, delegatlarni Mirabror Usmonov nomzodi uchun ovoz berishga chaqirishdi.


O‘zbekistonlik talabalar ilk bor dasturlash bo‘yicha jahon chempionati finaliga yo‘l olishdi

Блог им. behzodbek

Shimoliy-Sharqiy Yevropa davlatlari Oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasida ASM yo‘nalishi bo‘yicha jamoali jahon chemponatining yarim final musobaqalari 2013-yil 1-dekabr kuni to‘rtta shaharda – Sankt-Peterburg (Sankt-Peterburg axborot texnologiyalari, mexanika va optika ilmiy-tadqiqot universiteti), Toshkent (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti), Tbilisi (Tbilisi davlat texnika universiteti), Barnaul (Barnaul davlat texnika universiteti) shaharlarida bir vaqtda, bir xil masalalarda, natijalarni onlayn-sinxronlashtirilgan holatida bo‘lib o‘tdi.


 


Mаzkur musobaqaning “Middle Asia” hududida jami 44 ta jamoa qatnashdi. Jumladan, O‘zbekistondan 19ta, Qozog‘istondan 25ta. Musobaqada jami 11ta masala va ularni ishlash uchun reglamentga ko‘ra 5 soat vaqt berildi.


Jurnalistika kasblar chorrahasida

Блог им. behzodbek

Ayni kunda jurnalistning biror bir sohaga ixtisoslashuvini davrning o‘zi taqozo etmoqda, negaki u maqola yoki suhbat tayyorlash maqsadida shifokor huzuriga borar ekan, unga shifokordan kam bo‘lmagan salohiyat va bilim darkor. Xuddi shuningdek, muxbir dehqon bilan dehqonday, deputat bilan deputat singari gaplashishi, tilmoch bilan undan-da ko‘p tilni biladigan mutarjim kabi salohiyatga ega bo‘lishi tobora ayonlashib bormoqda.


 


Mamlakatimizda va dunyoda kechayotgan voqeliklarga munosabat bildirish, turli jabhalarda olib borilayotgan islohotlar mazmunini aholiga sodda va tushunarli tilda tushuntirish, ommani xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlash uchun ham sohada ixtisoslashuv masalasi zaruratga aylanmoqda.


Axborot erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari (2)

Блог им. behzodbek

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida taqdim etgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ommaviy axborot vositalarining yanada taraqqiy etishida yangi ufqlarni ochdi. Ta'bir joiz bo‘lsa, konsepsiyada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta'minlash yo‘nalishida belgilab berilgan strategik vazifalar milliy axborot makonimizning jahon axborot maydoni bilan integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.


 


E'tiborga molik jihati, mazkur konsepsiyada soha ravnaqiga xizmat qiluvchi bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan ushbu qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va hayotga joriy etish, o‘z navbatida, bu borada olib borilayotgan davlat siyosatining huquqiy kafolatlari mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalarining emin-erkinligi va mustaqilligini amalda ta'minlash, ularning tom ma'noda «to‘rtinchi hoki­miyat»ga aylanishlari yo‘lida barqaror qonuniy asos sifatida xizmat qilishi tabiiy.


Axborot erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari (1)

Блог им. behzodbek

Bugungi kunda O‘zbekiston erishayotgan yuksak marralar zamirida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li — “o‘zbek modeli” nechog‘lik katta ahamiyat kasb etayotganini nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham havas va hayrat bilan e'tirof etmoqda.


 


 


Yangi davlat, yangi jamiyatni barpo etishda ushbu tamoyillarning hayotga izchil tatbiq etilayotgani, aynan bu jabhada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining kuch va imkoniyatlariga tayanilayotgani, bu borada soha xodimlariga barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotganini alohida ta'kidlash joiz.


 




Xususan, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq axborot sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib, eng avvalo, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga to‘liq javob beradigan mustahkam qonunchilik bazasi shakllantirildi. Bu boradagi huqu­qiy kafolatlar, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qat'iy belgilab qo‘yilganini alohida ta'kidlash joiz. Xususan, Bosh Qonunimizning 29-moddasida har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi, o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi o‘z aksini topgan. Yoki 30-moddada barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi shart qilib qo‘yilgan. Va nihoyat, Konstitutsiyaning “Ommaviy axborot vositalari” deb nomlangan XV-bobining 67-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkin ekanligi va qonunga muvofiq ishlashi, ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi, senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi eng demokratik normani ko‘rishimiz mumkin.


Сравнительный анализ особенностей структуры американских и английских деловых писем

ICT for English teachers
Чет тили

Статья посвящена структурному анализу особенностей оформления английских и американских деловых писем


The article is devoted to the structural analysis of English and American business letters specifics.


 


На сегодняшний день в международной деловой переписке сложились определенные правила оформления деловой документации принятые международным стандартом. Однако, несмотря на стандарт в европейском и американском деловом мире в структурировании основных компонентов  деловых писем существуют различия.


Для начала рассмотрим составные компоненты американского и английского деловых писем:


1. Американское деловое письмо состоит из 13 компонентов это:


1. Шапка бланка (The Notepaper) или заголовок. (Letterhead), 2. Дата. (The Dateline). 3. Внутренний адрес. (Inside Address). 4. Строчка, указывающая лицо которому предназначено письмо, кому его должны вручить. (Attention Line). 5. Вежливое обращение. Приветствие (The Salutation). 6. Заглавие или тема письма. (Subject Line). 7. Текст письма. (The Body Text) 8. Вежливое  завершение письма. (The Complimentary Close). 9. название фирмы отправителя (Company Signature) 10. Имя написавшего, его должность и звание. (The Surname). 11. Подпись. (Signature). 12. Приложения (Encl.). 13. Пометка о раздаче копий лицам или отделам, имеющим отношение к предмету письма. (“CC” Notaton).


Haj ibodati ayolning ko'z nurlarini qaytardi

Янгиликлар

Deyarli barcha musulmonlar Saudiya Arabistonidagi Ka’ba va Masjid al-Haramni o’z ko’zlari bilan ko’rishni xohlaydilar. Nafisa al-Kurmazi ham shunday orzular bilan yashar edi. Shu yil Nafisa al-Kurmazi Haj ibodatini ado etish uchun bordi. “Makkaga yetib borguncha Ka’bani ko’rish orzusida Allohga iltijo qilib bordim”, — deydi Nafisa aya.


 


70 yoshli uch nafar farzandning onasi bundan bir yarim yil avval bosh miya trombozi oqibatida ko’rish qobiliyatidan mahrum bo’lgan edi. U Ka’bani nafaqat hayolan balki o’z ko’zlari bilan ko’ra olishini hayoliga ham keltirmagan edi, lekin u umidini so’ndirmadi.


 


Nafisa Tunislik vatandoshlari bilan 23 oktyabr kuni Arofat tog’i oldida turganida birdaniga u ranglarni, xatto atrofidagi odamlarni yuzlarini ko’rayotganini payqadi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi bergan xabarga tayanib “Darkachi.uz” sayti xabar bermoqda.


O'zbekiston xalq artisti Erkli Malikboeva vafot etdi

Янгиликлар

Erkli Malikboeva 1928 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1950 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. Erkli Malikboeva 1949 yildan boshlab, yarim asr davr mobaynida Hamza nomli (hozirgi O’zbek Milliy) akademik drama teatrida aktrisa sifatida izchil faoliyat ko’rsatib kelgan. Dramaturg Tuyg’unning «Muhabbat» spektaklidagi Sohiba Erkli Malikboevaning sahnada ijro etgan birinchi roli bo’ldi. Keyinchalik u Ofeliya (V.Shekspir, «Hamlet»), Byanka («Otello»), Zarbinetta (Moler, «Skapenning nayranglari»), Unsin (Oybek, «Qutlug’ qon»), Umesh (R.Tagor, «Gang daryosining qizi»), Sonya (A.Lexov, «Vanya tog’a») singari bir-biridan mazmundor obrazlarni sahnaga olib chiqib tomoshabinlar e’tiborini qozondi.


 


Erkli Malikboeva o’z iztirobini, dardini ichki bir kuch bilan ifoda eta oladigan, tomoshabin qalbiga larza sola oladigan va uning diqqatini doimo o’ziga tortib tura oladigan aktrisadir. Psixologik teranlik, qahramonning his-tuyg’ularini, ichki holatini ustalik bilan tomoshabinga yetkazish, kuchli dramatizm uning ijodida muhim o’rin tutadi. Bu xususiyatlar aktrisaning aksariyat rollarida yarq etib ko’zga tashlanadi. Bu jihatdan aktrisa yaratgan Oysha (I.Sulton, «Imon»), Polina (M.Gorkiy, «Dushman»), Silviya (S.Azimov, «Zamon dramasi»), Yelizavetga (Shiller, «Mariya Styuart»), Galina (O’.Umarbekov, «Qiyomat qarz»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni»), rais («Kuyov»), Tursina (A.Ostrovskiy, «Har to’kisda bir ayb»), ona (Vasilev, «Ro’yxatlarda yo’q») obrazlari alohida ajralib turadi.


Unutish - bu eslab qolish!

Qiziqarli ma'lumotlar

Biz hammamiz unutish deganda yuzimizni burishtiramiz va juda ko’plab unitishga doir uyatli holatlar esimizga keladi. Lekin yangi tadqiqotlar shuni ko’rtayaptiki, unutish bu foydali jarayon bo’lib chiqishi mumkin. Aynan unutganimiz uchun biz ko’proq ma’lumotni eslab ham qolamiz.


Oldinlari olimlar unutish bu miyamizning kamchiligi deb bilingan. Shu sabab bo’lsa kerak, ko’pchilik unutmoq so’ziga salbiy qaraydi. Ammo endi esa bu xotiramizning bir boyligidek qaralmoqda. Bu orqali biz o’zimiz uchun eng kerakli bo’lgan ma’lumotni –kelajakda ishlatiladigan xabarnigina eslab qolib -  qolgan mayda-chuydalarini unutib yuborishga olib keladi. O’ziz o’ylang, kerak bo’lmagan hamma xabarni miyangizga joylab nima foyda, undan ko’ra eng foydaligini ushlab qolinsa, miyadagi axborotlar xuddi avtomobillar  tiqilinchidek tiqilib qolmaydi. Zeroki, unutish endi bu kamchilik emas aksincha bir biologik vazifa deb bilish sizni hotirjamlikka tortadi.


 


Biz aslida qanday qilib unutamiz? Bu savolga ham ko’plab javoblar beriladi va ko’pgina taxminlar taklif qilingan: ulardan biri  vaqt o’tgan sari unutishimiz. Oldingi maqolalarimizda ta’kidlaganimizdek ( “Oraliqli takrorlash”da) biz ta’lim tizimimizdagi eng achinarli xabarni aytgandik, ya’ni o’qiganlarimizning 90% ini 30 kun ichida unutib yuboramiz. Shunday ekan vaqt hammasini davolaydi deganda dono xalqimiz aynan shuni ilmiy bo’lmasa ham ichki his orqali bilganov. Demak, birinchi unitishga sabab vaqt o’tishi.