avatar
Куч
10326.07
Рейтинг
+3784.81

Sulaymonov Behzod Shuhratovich

Мақолалар

Xalqaro sanoatchilar forumi

Блог им. behzodbek

“O‘zekspomarkaz”da “Uzbekistan Industrial Forum – 2014” oltinchi xalqaro sanoat forumi boshlandi. Tadbir doirasida oltita ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazma ham bo‘lib o‘tmoqda.


Forum O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zavtoyo‘l”, “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyalari, Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika instituti hamda Toshkent shahar hokimligi ko‘magida “IEG Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.


Xalqaro forumning ochilish marosimida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida metallurgiya, metallga ishlov berish, tog‘-kon, kimyo sanoati, mashinasozlik, maxsus texnika ishlab chiqarish kabi barcha sohalar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuqori texnologiyali mahsulotlar – yuk va maxsus texnika, g‘alla o‘rish kombayni, kompressor, kuchlanish transformatorlari, akkumulyator, kabel va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish imkonini berayotir.


Suvni serob deb o'ylamang

Блог им. behzodbek

Jahonda oziq-ovqat inqirozi bilan bir qatorda, undan-da xatarli bo‘lgan suv bilan bog‘liq xavf paydo bo‘lmoqda. To‘g‘ri, sayyoramizning katta qismi suvlikdan iborat. Biroq mana shuning 97 foizi okеan va dеngizlardagi sho‘r suv, atigi 3 foizi ichishga yaroqli toza suv ekanini inobatga olsak, muammoning mohiyati ravshanlashadi.




Ma'lumki, inson suvsiz uch kundan ortiq yashay olmaydi. Suvning hayotdagi ahamiyati juda xam muhimligini bilib tursa-da, odamzot suv havzalarini, inshootlarini chiqindi va axlatlar bilan to‘ldirib, ifloslantirishda davom etmoqda. Tahlilchilarning fikricha, suv stratеgik rеsurs­ga aylanib borar ekan, uning narxi nеftnikiga yaqinlashib, hatto, undan ham oshib kеtishi mumkin. Agar nеft taqchilligi mutaxassislarning bashoratlaridangina ma'lum bo‘lsa, suv taqchilligini insoniyatning uchdan bir qismi o‘z boshidan kеchirmoqda. Ayni damda 2,3 milliard odamni suv bilan ta'minlash muammo bo‘lib turibdi. 1,5 milliard aholi toza ichimlik suviga ehtiyoj sеzmoqda. 400 million odam esa suvsizlikdan aziyat chеkmoqda. Yana bir nеcha o‘n yildan so‘ng shahar aholisining har uchtasidan bittasi toza ichimlik suviga muhtoj bo‘ladi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 2 milliard 700 million kishi sanitariya talablariga javob bеrmaydigan muhitda istiqomat qiladi. Jami kasalliklarning 20 foizi ana shu singari atrof-muhitning ifloslanishi natijasida kеlib chiqar ekan.


Qadringni bilsang-chi, qizgina!

Блог им. behzodbek

Endigina joyidan jilgan “Damas” avtomashinasini yo‘l-yo‘lakay to‘xtatgan uch qiz qiyqirishgancha orqa o‘rindiqqa joylashib olishdi.


— Shofyor aka-a, — nozlanib so‘z qotdi ulardan biri, — nasiyaga opkеtasizda, atigi bir ostanovkaga!


Xo‘p dеya qoling endi, — jo‘r bo‘ldi unga yonidagi dugonasi.




16-17 yoshlar chamasidagi qizlarning noz-karashmasiga o‘rta yoshlardagi shofyor akamiz ham “erib” kеtdi chog‘i, og‘zining tanobi qochib, ko‘zguni qizlarga to‘g‘rilab qo‘ydi-da, ilmoq bilan gap tashladi:


— Mayli, kеyin choy-poyga taklif qilish esdan chiqib, oldingilarday qochib qolmaysizlarmi ishqilib, jononlar?


Qizlar mashinani boshlariga ko‘tarib, qiyqirishdi. Birinchi so‘z qotgan qiz karashma bilan javob qildi:


— Vo-oy, biror muzdayrog‘idan ayting, o‘zi kuygan yuraklarni choy bilan kuydirib nima qilasiz?! — Yana qiyqiriq yangradi. — Ha, aytganday, — e'tirozli ohangda davom etdi u, — boshqa yo‘lovchilarga yo‘lkirani biroz oshirib qo‘ysangiz, bizlar shu hisobdan tеkinga kеtarmidik, shofyor aka?!


Suv... hayot keltirsin

Блог им. behzodbek

Ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga qaraganda, xalqaro ekologiya tashkilotlari, shuningdek, texnogen xavflar bo‘yicha mutaxassis va ekspertlarning uzoq sa'y-harakatlari natijasida 2014 yilning yanvarida AQSH Kon­gressi va Senati muhim qonunni qabul qildi va Prezident Barak Obama uni imzoladi. Mazkur qonunga muvofiq, Xalqaro moliya institutlari direktorlar kengashlaridagi AQSH vakillari endi yirik to‘g‘onlar va gidroenergetika ob'yektlari qurilishi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qarz olish yoki ushbu loyihalar bilan bog‘liq har qanday hujjatni ma'qullashga qarshi chiqishga majbur.


 




Respublika “Gidroloyiha” instituti direktori S.Jigaryovning ta'kidlashicha, AQSH qonunchilik va ijro hokimiyatining ushbu qarori har tomonlama asoslidir. Chunki so‘nggi yillarda ekolog-mutaxassislar, texnogen xavflar bo‘yicha eks­pertlar, muhandis va huquq­shunoslar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar, mazkur muammoning bir necha bor xal­qaro darajada muhokama etilishi baland to‘g‘onlar qurish oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar, xavf va tahdidlar bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritdi. Zero, bunday masalalar ayniqsa, tog‘li hududlarda yanada murakkab tus olib, oldindan aytib bo‘lmaydigan halokatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois ekologiya tashkilotlari tashabbusi bilan qabul qilingan va AQSHning barcha hokimiyat tarmoqlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur normalar katta ekologik, texnogen va ijtimoiy-iqtisodiy falokatlarga sabab bo‘ladigan yirik gidroenergetika ob'yektlarini barpo etishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga to‘g‘ri ishoradir.


"Qo'l haqi"

Блог им. behzodbek

— Cho‘ntagiga 4-5 so‘m tiqsang, shuncha bosh og‘rig‘i yo‘q edi, — dedi safardoshim Shukrullo degan kishi e'tiroz bildirib. — Axir uning ham bola-chaqasi, ro‘zg‘ori bor. O‘zimizga o‘xshab rizqini terib yurgan bir banda-da. Odam bu darajada qurumsoq bo‘lmasligi kerak. Bir choynak choyga ming so‘m to‘lagani bilan kim o‘libdi?


 




— Biz ham el ichida yuramiz, shifokorman, deya so‘zida davom etdi u. — Bemorlar huzurimizga umid bilan kelishadi, 2 oylik go‘dakdan tortib, 90 yoshli cholni ham davolashga to‘g‘ri keladi. Hamma bizdan minnatdor. Sog‘ayib ketishgach, biri bo‘lmasa, boshqasi “qo‘l haqi” deb uncha-muncha pul tashlab ketishadi. Bu kecha yo bugun paydo bo‘lgan udum emas. Qolaversa, “o‘zbekchilik”, “odamgarchilik” degan gaplar bor. Arzimagan pulni deb vagon xizmatchisining kayfiyatini buzding… Kap-katta erkaklar ming so‘m ustida talashishsa-ya?..


 


— Nahotki, shunchalik katta jinoyat qilgan bo‘lsam, — dedim unga. — Axir men bor-yo‘g‘i poyezd chiptasini olganda xizmat ko‘rsatish uchun ham pul to‘langanini aytdim, xolos...


Nohaq berilgan dashnomlar odamga yomon ta'sir qilarkan. Bunday paytda nima de­yishni ham, o‘zingni qanday tutishni  ham bilmay qolarkansan. Aslida malomatga men emas, “qo‘l haqi” talab qilgan anovi toifadagilar qolishi kerak emasmi?


MEDIAMARKAZ: imkoniyatlar, yangi rejalar

Блог им. behzodbek

Bugun axborot kommunikatsiyalari, texnika, texnologiyalari shunchalik rivojlanib ketdiki, bularni hatto uch-to‘rt yil oldingi davr bilan qiyoslab ham bo‘lmaydi. Ayniqsa teleko‘rsatuvlar sohasida. Bugungi teletomoshabinga mazmunli, zamonaviy, ko‘rganda dili yayrab, bahra oladigan ko‘rsatuvlar tayyorlab, namo­yish etish davrning talabi. Bunday ko‘rsatuvlarning ommani o‘ziga jalb qilishiga ularni qiziqarli usullarda, muxlislarga manzur bo‘ladigan darajada yetkazib berish soha xodimlaridan katta malaka va bilim talab etadi.


 




Keyingi yillarda respublikamiz Milliy teleradiokompaniyasi tizimida katta ijobiy texnik o‘zgarishlar bo‘layotgani quvonarlidir. Yangi telekanallar ochilib, ular birin-ketin tomoshabinlar didini o‘stiradigan darajada qizg‘in faoliyatga kirishib boryapti. Ayniqsa, yangi loyihalar asosida turli ko‘rsatuvlarning tashkil etilayotgani tomoshabin e'tiborini tortmay qolmayapti. “Televideniye — texnika bilan tirik”, — deya uqtirishadi soha mutaxassislari. Darhaqiqat, ko‘rsatuvni, mazmunli, yuksak did va saviyada tayyorlab, o‘z muxlisiga manzur qilishda texnikaning imkoniyatlari beqiyosdir. 


“Ойнинг энг яхши фан ўқитувчиси” кўрик-танлови

Блог им. behzodbek

Жорий йилнинг январь ойидан бошлаб, вилоят халқ таълими бошқармасининг ташаббуси билан,  “Ойнинг энг яхши фан ўқитувчиси” кўрик-танлови Низоми ишлаб чиқилиб, шу асосда вилоятимизнинг барча шаҳар ва туманларидаги каби, бизнинг Урганч туманимизда ҳам 16 та фан йўналишида ўқитувчилар ўртасида танлов ўтказиб борилмоқда.  


 


Низомга кўра, тумандаги мактаблар ҳудудларига қараб, бешта гуруҳга ажратилди. Январь-май ойлари давомида мактаблар ўзлари мансуб бўлган гуруҳларнинг тартиб рақамига қараб, белгиланган ойларда кўрик-танловда иштирок этадилар.


 


Бу танловда, “Йилнинг энг яхши фан ўқитувчиси” кўрик-танловидан фарқли ўлароқ, тоифаси ва иш стажидан қатъий назар, мактабларда фаолият юритаётган барча фан ўқитувчилари иштирок этиш имкониятига эгалар.


Maktabgacha ta'lim - muhim masala

Блог им. behzodbek

«Bola boshidan» deydi xalqimiz. Chindan, farzandlarni murg‘akligidanoq to‘g‘ri tarbiyalash uning kelajagini belgilaydi. Bu borada ota-ona bilan bir qatorda maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining ham mas'uliyati katta. Bugungi kunda yurtimizda ayni shu sohani izchil rivojlantirish yo‘lida e'tirofga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.


 


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda 5025 ta maktabgacha ta'lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 4950 tasi davlat tasarrufida, 75 tasi nodavlatdir. Ularda jami 581,5 ming nafar jajjilar tarbiyalanmoqda. Bu di±rimizdagi 2-7 yoshdagi jami bolalarning 23,3 foizini tashkil etadi.


 




Aytish kerakki, mamlakatimizda maktabgacha ta'lim muassasalarining ommaviy, ixtisoslashtirilgan va sanatoriya shaklidagi turlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, mazkur muassasalarning boshqa muqobil shakllari ham mavjud. Jumladan, hududlarda 938 ta qisqa muddatli guruhda 15 508 nafar, 444 ta savodxonlik markazida 7840 nafar, 1123 ta yakshanbalik maktabda 21 207 nafar maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida tashkil qilingan 48 ta guruhda 1039 nafar, mahallalar qoshida tashkil etilgan 43 ta guruhda 120 nafar oilaviy sharoitda tashkil etilgan 57 ta guruhda 196 nafar, muqobil shaklda tashkil etilgan 2653 ta guruhda 45 910 nafar bola tarbiyalanmoqda. 


Tiriklik faqat non bilanmi?

Блог им. behzodbek

— Nimalar bezovta qiladi? — shifokorning birinchi savoli shu bo‘ldi.


— Uyqum siyraklashganday, yurak ham tez-tez uryapti.


Tabiiyki, oq xalat sohiblarining huzuriga najot istab borsangiz, dardingizga aniq tashxis qo‘yish uchun yana ko‘p savollarni beradi. Ish tarzingiz qanaqa, qanday taomlar tanovul qilasiz, xonadondagi sharoitingiz, dam olish tartibingiz — hammasiga aniqlik kiritiladi.




Tibbiy uskunalar vositasida vujudingiz tekshiruvdan o‘tkaziladi. Barcha alomat — simptomlar muayyan xulosaga asos bo‘ladi. Shundan so‘ng nimalar dardingizga malham bo‘lishi belgilanadi. Dori-darmonlardan tashqari, asabni asrashingiz lozimligi alohida uqtiriladi.


Xo‘sh, asabni asrash uchun nimalar qilish kerak? Do‘x­tir­lar­ning talabiga rioya etaman, desangiz umuman, tashvishli narsalar haqi­da gapirmaslik, o‘ylamaslik zarur. Hyech kim bilan bahslashmang. Xullas, ongu shuuringiz muammolardan ihota qilinishi, hayotingiz faqat tinch-osuda sharoitda kechishi kerak.


Kompyuter o‘yinchoq emas

Блог им. behzodbek

Boshlang‘ich sinfda o‘qirdim. Bir kuni otam bilan televizor ko‘rayotgandik. Unda men tengi bolalarning kompyuterda ishlayotgani namoyish etilardi.


— Bizga televizorni uzokdan ko‘ringlar, deysiz. — Nima, anavi bolalarni otalari urishmaydimi — dedim otamga televizordagilarga ishora qilib.


— Yo‘q, bolam, dedi u kishi miyig‘ida kulib. — Chunki bu bolalarning oldidagi buyum televizor emas, kompyuter.




— Kompyuter deganingiz nima, ular nima ish qilishayapti, deya otamga ketma-ket savollarni yog‘dirdim.


 


Otam esa bosiqlik bilan kompyuterning odamlar og‘irini yengil qiladigan, bilimini oshiradigan qurilma ekanini batafsil tushuntirdi. «Kompyuterda ishlashni biladigan bolalar «a'lochi bo‘lishadi» dedi, so‘zining oxirida. Suhbat davomida anglaganim shu bo‘lgandiki, kompyuter ishlatishni bilgan odam nafaqat bilimli bo‘ladi, balki bilmaganlarini shu qurilma orqali o‘rganib olar ekan.


 


Ammo yaqindan boshlab bu xulosam o‘zgardi. Gap shundaki, amakim mening kompyuter olish niyatimni bilgach, bozor-u, do‘konlardan, usta-yu, tanish-bilishlaridan kompyuterning narxini, turini so‘rab-surishtiribdi. Bir kompyuter ustasi «Kompyuterning narxi unga qanday o‘yinlar o‘rnatilishiga, uning bu o‘yinlarni qanchalik tezlikda o‘ynash imkoniyatiga qarab belgilanadi» debdi. Bundan hayron bo‘l­gan amakim ustadan «Odamlar o‘yin o‘ynash uchun kompyuter olishayaptimi?» deb so‘rabdi. Usta esa pinagini buzmay: «Ha, asosan shuning uchun, hozirgi yoshlar boshqa nimagayam olishardi, debdi.


O’zbеkiston farzandlari jahon sporti shohsupasida

Блог им. behzodbek

Joriy yilning 28 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida Oqsaroy qarorgohida bo’lib o’tgan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig’ilishida yurtimizda Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilganidan buyon o’tgan davrda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlar, ularning ahamiyati va natijalari haqida atroflicha so’z yuritilgan edi.


 


Yig’ilishda ta’kidlanganidek, bolalikdan sport bilan shug’ullanish inson irodasini toblaydi, aniq maqsad sari intilishga, qi­yinchiliklarni bardosh bilan yengishga o’rgatadi, uning qalbida g’alabaga halol intilish va g’urur-iftixor tuyg’ularini tarbiyalaydi. Shu ma’noda, bugun yurtimizda bolalar sportini rivojlantirish masalasiga barcha ezgu maqsadlarimizni ro’yobga chiqarishga qodir bo’lgan munosib avlodni tarbiyalashning muhim sharti va garovi sifatida yuksak e’tibor qaratilmoqda. Aniq maqsadga yo’naltirilgan bu boradagi ishlar farzandlarimizni sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb qilish orqali jismoniy va ma’naviy jihatdan sog’lom avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Zero, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining faoliyati mohiyatan har bir bola, har qaysi oila hayotida sportga mehr uyg’otish orqali jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan.


Facebook WhatsApp'ni sotib oladi

Блог им. behzodbek

Facebook rahbariyati smartfonlar uchun mo’ljallangan WhatsApp messenjerini 19 milliard dollarga sotib olayotganini e’lon qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.


 


2013 yil oxirida WhatsApp foydalanuvchilari soni 400 milliondan oshib ketdi (AFP ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi kunga kelib 450 millionga yetgan) va bu holat uni internetdagi eng tez rivojlanayotgan servislardan biriga aylantirib, o’ziga o’xshash boshqa dasturlar orasida eng kuchli raqobatchilardan biriga aylandi.


 


WhatsApp kompaniyasi 2009 yili Yahoo’ning sobiq xodimlari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda eng asosiy barcha operatsion tizimlar uchun WhatsApp versiyalari chiqarilgan. WhatsApp’dan foydalanish narxi yiliga 99 tsentni tashkil etadi (foydalanuvning birinchi yili – bepul).


Elning erka shoiri

Блог им. behzodbek

Muhammad Yusuf  tanti va erka shoirimiz edi. Tantiligi shundaki, u o‘zining bor mehru muhabbatini jondan aziz xalqiga, ko‘kragiga tumor qilib taqib olgan Vataniga bag‘ishladi. Chindan ham muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “Muhammadjon noyob iste'dod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson” bo‘lib tanilgan edi. Shoir ko‘ziga ko‘ringan har bir narsadan Vatan surati va siyratini go‘zallashtiradigan unsurlarni qidirardi.


 




Uning nazarida bu  jannatmonand yurtda xunuk narsaning o‘zi yo‘q edi. Kapalak ham, kamalak ham, sumalak ham, jayron ham, bulbul ham, maysa-yu tuproq ham, yo‘lda do‘ppayib yotgan tosh ham, yalpiz ham, chinor ham — hammasi unga ilhom bag‘ishlar, fikr uyg‘otardi. Bu fikrlarini shoir sira zo‘riqmay, o‘zini majbur qilmay, erkin bayon qilar va mana shu erkinlik she'r­larining mukammal va ohangdor chiqishiga ko‘maklashardi.   


           


Shu boisdan Muhammad Yusuf she'riyatda juda erta shuhrat topdi. Bu haqda O‘zbekiston qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad “Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo‘lmagan” deb yozsa, atoqli adabiyotshunos, O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinov “Muhammad Yusuf degan shoir she'riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda hammani hayron qoldirib, og‘izga tushib ketdi” deydi. Aslida hech qachon mashhurlikka intilmagan Muhammad Yusufni   she'rlari juda erta elga tanitdi. Bu mashhurlikning o‘ziga xos sabablari bor. Ularning birinchisi va eng muhimi, shoir she'rlarining soddaligi va samimiyligidir. Soddalik deganda jo‘nlik, odmilikni tushunmaslik kerak. Zero, she'riyatda fikrni o‘quvchiga sodda qilib ayta olish poetikaning dolzarb va hech qachon eskirmaydigan masalalaridan biridir. M.Yusuf she'rlaridagi soddalik birinchi galda tanlangan so‘zlarning xalqona ruhida, misralarning tig‘izligida, mazmunning tugallanganligida, o‘zbekcha iboralarning yangiligida va ohori to‘kilmaganligida, ohang rang-barangligi va ranglarning tiniqligida, fikrning barqarorligi-yu obrazlarning quyuqligida ko‘zga tashlanadi. U har bir so‘zga, detalga, obrazga samimiyat bilan yondashadi va uning zimmasiga zalvorli ma'no yuklaydi. Ammo bu yuk o‘quvchini toliqtirmaydi, negaki, fikrni tashiyotgan so‘zlar g‘oyat yengil va tabiiy joylashadi.


Iqlim o‘zgarishlari asoratlari

Блог им. behzodbek

XXI asrning katta muammolaridan biri atrof-muhitning ifloslanishi hamda iqlim isishi tufayli ekologiyaning global tarzda buzilishidir. Ekologik inqiroz davomiyligi va talafot ko‘lamiga ko‘ra turli ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Ayrimlari bir necha kun ichida yuz berib, tezkor talafotlarni keltirib chiqarsa, ba'zilarining yuzaga chiqishi uchun millionlab yillar kerak bo‘ladi.


 


O‘tmishdagi muzliklar, suvliklar davri va yangi iqlim sharoitlari hamda ular olib kelgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, mazkur davrlarda flora va fauna olamining ayrim turlari yo‘qolib ketib, o‘rnini yangi turlar egallaganini ko‘ramiz.Hozirga qadar insoniyatning Yer yuzida yashab qolishiga jiddiy tahdid soluvchi ekologik inqiroz yuz bermagan bo‘lsa-da, lekin iqlim isishi hamda u keltirib chiqarayotgan asoratlar bu holga jiddiy qarashni taqozo etadi.




 


Atrof-muhit ifloslanishi natijasida iqlimning global isishiga asosiy sabab tabiiy yoqilg‘i zahiralarining katta hajmda iste'mol qilinishidir. Ekspert­lar fikricha, yerosti zaxiralaridan bo‘shab qolgan konlar mutlaqo yaroqsiz va sog‘­liq uchun zararli chiqindi makonlariga aylanib qolishi bilan atrof-muhit uchun xavfli hisoblanadi. YOqilg‘ilardan foydalanish oqibatida atmosferaga chiqayotgan issiqxona gazlari yetkazayotgan zarari ko‘lami esa undan ham katta. Kuniga millionlab tonna chiqindilar oqova suvlarga qo‘shilib, unda yashovchi jonzotlar uchun ulkan ofat manbaiga aylanmoqda. Ochiq hududlarga tashlanayotgan chiqindilar esa katta-katta maydonlarda axlat uyumlarini hosil qilayapti. Bularning barchasi sayyoramiz ob-havo haroratini me'yordagi darajadan ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.


Kelajak avlodning ulg'ayishida AKT ning o'rni

Блог им. behzodbek

O‘zbekiston respublikasida yoshlarga juda katta e’tibor qaratilib ularga har sohada katta imkoniyatlar ochib berilmoqda. Zero 2010-yil Barkamol avlod yili deb e’lon qilinishi ham bejiz emas. Xalqimiz qadimdan yoshlarga katta e’tibor qaratib, ularning barkamol avlod bo‘lib ulg‘ayishlarida juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu o‘rinda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Hozirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar jadal rivojlanib, har sohada o‘z o‘rnini egallab bormoqda.


 


Axborot asrida axborot almashinuvi va axborot qiymati oshib bormoqda. Shu jumladan, O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Uning qay sohasini olmaylik, unda olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiqdir. Telekommunikatsiya sohasini olamizmi, mobil aloqa, internet sohasimi barcha barchasida juda katta ishlar olib borilmoqda. Internet tarmog‘ida mahalliy resurslar ham kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Aholi ham ushbu resurslardan samarali fodalanib kelmoqdalar. Foydalanuvchilarning ko‘p qismini albatta yoshlar tashkil etadilar. Hozirda yoshlar internet tarmog‘idan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanib kelishmoqda. Bu o‘z navbatida o‘sib kelayotgan yoshlarga har tomonlama o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.


Olmaning ostiga olma tushadi

Блог им. behzodbek

...Qadim zamonlarda o‘tinchining bir qizi bo‘lgan ekan. U bo‘yi yetib qolgan esa-da, turmushga chiqishga shoshilmabdi. Qizning dovrug‘i o‘sha yurt shahzodasining qulog‘iga ham yetib boribdi. Bir kuni shahzoda qiz yashayotgan qishloqdan o‘tayotib, uning oila qurmagani sababini bilmoqchi bo‘libdi. Xizmatkorlar otasi qizining mahriga 150 ta tuya so‘rayotgani uchun sovchilarning yuragi betlamayotganini ma'lum qilishibdi.


 


— Qiz shunchalar hurliqo ekanmi? — so‘rabdi shahzoda.


— Saroyingizdagi kanizaklardan aslo ziyoda emas, Olampanoh.


— Xo‘sh, nega unda o‘tinchi qalinni buncha baland so‘rabdi.


— Aytishlaricha, qiz aql-farosatda tengi yo‘q, bilimli va odobli emish. Zotan, komil farzandlarni tug‘ib, tarbiyalashning birinchi sharti mana shudir.


ZiyoNET портали - “Таълим ва каръера” халқаро кўргазмасида

Блог им. behzodbek

Бугун пойтахтимизнинг Ёшлар Ижодиёт Саройи да ҳар йили анъанавий тарзда ўтказиб келинаётган “Таълим ва каръера”10-халқаро кўргазмаси ўз ишини бошлади.


 


Бу кўргазмани ўтказишдан асосий мақсад Ўзбекистон Республикаси ва ҳорижий мамлакатлар ўқув юртларида, замонавий методикалар асосида таълим беришлари билан таништириш, ўзаро тажриба алмашишга кўмаклашиш, шунингдек ёшларга ва кенг оммага ўзларини қизиқтирган мутахасислиги буйича билим олишлари учун, ўқув юртларини танлашга ёрдам беришдир.


 


“Таълим ва каръера” халқаро кўргазмасида ўз навбатида ZiyoNET жамоат таълим ахборот тармоғи ҳам қатор йиллардан буён анча самарали иштирок этиб келмоқда.


Innovatsion ta’lim texnologiyalari

Блог им. behzodbek

Davlatimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarimizning xorijiy mamlakatlar hayoti, madaniyati, urf-odatlari, tiliga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Bu aloqalarning rivojida xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilining o‘rni beqiyosdir.


 


«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezidentimiz qarorida uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarini faol o‘rgatish uchun zarur sharoit yaratish, zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish, bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda xorijiy tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish vazifasini amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.


 


Albatta, mazkur maqsad va vazifalarga erishish yo‘lida biz — pedagoglardan chet tili ta’limida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonida darsni har tomonlama puxta tashkil etish, talabalar tomonidan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning samarali usullarini izlab topish, darsning sifati va samaradorligini ta’minlovchi vositalarni qo‘llash, kerak bo‘lsa, har bir o‘quvchiga individual yondashish talab etiladi.


JobFair—2014 yettinchi ixtisoslashgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

Блог им. behzodbek

2014-yil 14-martda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompaniyasining “Atrium” zalida JobFair—2014 yettinchi ixtisoslashgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Yarmarka MyJob.uz ishbilarmonlik tarmog‘i va “Karyera+” gazetasi tomonidan tashkil etiladi, deya xabar beradi Daryo.uz nashri.


 


Bu tadbir ish izlayotganlar uchun biznesning turli sohalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, mehnat bozorini o‘rganish, xodim sifatida o‘zining bahosini bilish, shuningdek, istalgan kompaniya bilan sinov suhbatidan o‘tish imkoniyatini beradi.


 


O‘tgan yili ushbu yarmarkada 120 ga yaqin kompaniya 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan edi. Ular orasida Uzbekistan GTL, “Lukoyl”, Global Peer Education, GM Uzbekistan, LG Electronics, Samsung Electronics, Beeline kabi ko‘plab yetakchi firma va kompaniyalar bor edi. Ko‘rgazmada 8 000 dan ortiq talabgor qatnashdi. Ularning asosiy qismi (65 foizi)ni 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar tashkil qildi.


“Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari” yo’nalishida shahar amaliy seminari

Блог им. behzodbek

Kuni kecha 29 yanvar kuni Toshkent shahridagi 60-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari” yo’nalishida barcha Toshkent shahridagi barcha tuman xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi xodimlari uchun shahar amaliy seminari bo’lib o’tdi.